Ташкент офтальмолог MediLens Optic — приём пациентов

Oftalmolog – ortokeratolog

Rozmetova Barno Sharifovna

Rozmetova Barno Sharifovna MediLens Optic klinikasi sertifikatlangan oftalmologidir.

Miopiya sohasidagi mutaxassis, "Amaliyotchi oftalmologlar uchun ortokeratologiya" dasturi bo'yicha ixtisoslashuvni tamomlagan — Rossiya Federatsiyasi, Moskva sh. Ixtisoslashgan konferensiyalarda muntazam ishtirok etadi: "Pirogov oftalmologiya forumi" — 2024-yil, Moskva sh., Rossiya; "Katarakta, refraksion va shox parda jarrohligining zamonaviy texnologiyalari" — 2023-yil, Moskva sh., Rossiya. Uning kasbiy ko'nikmalari qatoriga sikloplegik refraksiyani aniqlash, korneotopograf bilan ishlash — shox parda topografiyasi va tomografiyasini o'lchash, shuningdek ko'z parametrlarini o'lchash va ko'zning o'q uzunligini dinamikada majburiy kuzatib borish kiradi. Avtorefraktometr, yoriqli lampa va optik kogerent tomograf bilan ishlaydi, ortokeratologik (tungi) linzalarni tanlash va diagnostikasini ta'minlaydi. Astigmatik linzalar, ko'zoynak linzalari, ortokeratologik va skleral linzalarni tanlash kabi muolajalarni bajaradi. Xalqaro kongresslar va mavzuli konferensiyalarda doimiy qatnashadi, faol ilmiy faoliyat olib boradi.

Batafsil o'qish

Ташкент офтальмолог MediLens Optic — приём пациентов

Oftalmolog – ortokeratolog

Nilufar Jalalovna Sultanalieva

Nilufar Jalalovna Sultanalieva — MediLens Optic klinikasining sertifikatlangan oftalmologi.

Bolalar va kattalardagi miopiya (uzoqni ko‘ra olmaslik) hamda boshqa ko‘z kasalliklarini nazorat qilish va davolash bo‘yicha yetakchi mutaxassis. Bolalar va kattalarda ko‘rish qobiliyatini kompleks diagnostika qilish hamda refraksiyaning murakkab patologiyalarini zamonaviy korreksiya qilish usullariga ixtisoslashgan. Ilmiy daraja izlanuvchisi. Turli yo‘nalishlarda yuqori kasbiy malakaga ega. Ortokeratologiya usuliga ixtisoslashgan. Unining ko‘nikmalariga quyidagilar kiradi: sikloplegik refraksiyani aniqlash, korneotopograf bilan ishlash, ya'ni shox pardaning topografiyasi va tomografiyasini o‘lchash, shuningdek ko‘z parametrlarini o‘lchash va ko‘zning eksial uzunligini dinamikada majburiy kuzatib borish. Tungi linzalar, astigmatik linzalar, ko‘zoynak linzalari, ortokeratologik va skleral linzalarni malakali diagnostika qiladi va tanlaydi. Avtorefraktometriya, tirqishli chiroqda tekshirish, optik kogerent tomografda tekshirish va tungi linzalarni tanlash kabi muolajalarni bajaradi. Doimiy ravishda xalqaro kongresslar va mavzuli konferensiyalarda ishtirok etadi, faol ilmiy faoliyat olib boradi, bu esa unga dunyoning ilg‘or tajribalarini har kungi bemorlar qabuliga tatbiq etish imkonini beradi.

Batafsil o'qish

Iltimos, ushbu qisqa formani to'ldiring

Biz siz bilan bog'lanamiz va barcha savollaringizga javob beramiz.

    Оставьте заявку

    Мы перезвоним в течение 15 минут