Shifokor haqida
Rozmetova Barno Sharifovna MediLens Optic klinikasi sertifikatlangan oftalmologidir.
Miopiya sohasidagi mutaxassis, "Amaliyotchi oftalmologlar uchun ortokeratologiya" dasturi bo'yicha ixtisoslashuvni tamomlagan — Rossiya Federatsiyasi, Moskva sh. Ixtisoslashgan konferensiyalarda muntazam ishtirok etadi: "Pirogov oftalmologiya forumi" — 2024-yil, Moskva sh., Rossiya; "Katarakta, refraksion va shox parda jarrohligining zamonaviy texnologiyalari" — 2023-yil, Moskva sh., Rossiya. Uning kasbiy ko'nikmalari qatoriga sikloplegik refraksiyani aniqlash, korneotopograf bilan ishlash — shox parda topografiyasi va tomografiyasini o'lchash, shuningdek ko'z parametrlarini o'lchash va ko'zning o'q uzunligini dinamikada majburiy kuzatib borish kiradi. Avtorefraktometr, yoriqli lampa va optik kogerent tomograf bilan ishlaydi, ortokeratologik (tungi) linzalarni tanlash va diagnostikasini ta'minlaydi. Astigmatik linzalar, ko'zoynak linzalari, ortokeratologik va skleral linzalarni tanlash kabi muolajalarni bajaradi. Xalqaro kongresslar va mavzuli konferensiyalarda doimiy qatnashadi, faol ilmiy faoliyat olib boradi.
Ta'lim
- 2016 – Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, Umumiy tibbiyot bo'yicha ixtisoslashgan, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent
- 2024 – Pirogov nomidagi Rusiya Milliy Tadqiqot Tibbiyot Universiteti, oftalmologiya ixtisosligi, Rossiya Federatsiyasi, Moskva
- 2024 – "OCT va OCT-ANGIOGRAFIYA" dasturi doirasida ilg'or tayyorlov kurslari, Rossiya Federatsiyasi, Samara
- 2025 – Amaliyotchi oftalmologlar uchun ortokeratologiya dasturi doirasida malaka oshirish kurslari, Rossiya Federatsiyasi, Moskva